САЙТ ЗАБЛОКИРОВАН ПО РЕШЕНИЮ СУДА.
Xush Kelibsiz! MEHMON
Вход
Tasodifiy Maqola : Мехмон
Mehmon! Chet tilidan tarjimonlik qilib yurgan paytlarimda bir gruh trustlar keldi va biz buxorog... davomi
Новый узбекский порно UZEROTIK
Порно новинки бесплатно
Порно уз секс запал новый
Порнофильмы онлайн лучшего качества
Узбекский секс на uzbek-sek
https://uzbek-sex.top/
Uzbekcha Sex Zapal 2024
ozbekporno.com/top/
Seks Xikoyalar 2024
Самое лучшее порево на porevoHd
Библиотека | Qo`rqinchli hikoyalar
1 2 >>

MURDALAR GAPIRMAYDILAR… (4-qism)

Добавил:DENTER (21.08.2021 / 21:18)
Рейтинг:rating 707 article (0)
Прочтений:2014
Комментарии:0
Tengiz yig'ilganlar bilan birma-bir ko'rishgach, to'rga o'tdi. Qo'tos uning yoniga o'tirdi.

Tengiz sigaret tutatgach, Qo'tosga yuzlandi:

— Nima bo'ldi?

— Bizni Bifshteks qiziqtiryapti. U hamisha sening yoningda bo'lardi?

— Ha, bo'lardi, — dedi Tengiz xotirjam ravishda. So'ng xuddi oddiy bir xabarni eslaganday qo'shib qo'ydi: — O'lmasidan ilgari…

— O'ldimi? — Qo'tos ajablanib, to'planganlarga qarab oldi. Ular ham hayratlarini yashirmay Tengizga tikilishdi. Lager hayotida birovni o'ldirish, yoki itday o'lib ketish aytarli ajablanarli hol emas. Tojdor o'g'rilarni hayratga solgan narsa — yaqin odamlarining o'limi tafsilotidan vaqtida xabar topmaganlarida edi. Agar sheriklariga bu olamga begona kimsa qasd qilgan bo'lsa, kechiktirmay jazolashlari shart. Tengiz ularning bu fikrini ham uqsa-da, javobga shoshilmadi. Sigaretni yana ikki-uch, chuqur-chuqur tortib, nafsini orom toptirgandan keyingina javob berdi:

— Ha, o'ldi. Bir mishiqini eplay olmadi. Adabini berib qo'y, devdim, bir tepkini ko'tara olmay o'ldi. Bola balo ekan.

— Kim? Sen uni o'ldirdingmi? — Bu safar Qo'tosning ovozida tahdid sezildi.

— Ayb u bolada emas.

— Kimligini ayt bizga!

— Bilishga qiziqayotgan bo'lsalaring aytaman: «Eshshak», Bublikka egilmagan bola.

— Uni menga qo'yib berishing kerak edi?

— Bo'lar ish bo'ldi endi. Men sinab qo'rdim — mard bola ekan. Yaxshilab tarbiya qilsang zo'r o'g'ri chiqadi undan. Ammo u endi u «eshshak» emas, nomi «Hamzat» bo'ladi.

— Nega?

— Men shuni xohladim.

— Knyaz, sen haddingdan oshma! — Ukraina tomonlarda «Koshak» nomi bilan mashhur bo'lgan o'g'ri Tengizning so'zini dag'allik bilan uzdi: — Sen musulmoningni himoya qilib, zo'r yigitni o'ldirtirib yubording!

Tengiz sigaretini tutatib, unga tutun orasidan ko'zini sal qisibroq qaradi:

— Koshak, bilmasang bilib qo'y: mening dinim ham, millatim ham — o'g'ri! Qo'tos, sen bunga tushuntirib qo'y. — Tengiz shunday deb o'rnidan turdi. Ostonaga yetganida to'xtab, orqasiga o'girildi. — Koshak, bilib qo'y, bu olamda faqat bittagina o'g'ri degan millat bor. Bu millat oldida boshqalari sariq chaqa. Agar shunga aqling yetmasa, sen o'g'ri emassan, mujiksan! —

Tengiz eshikni bir tepib ochdi-da, tashqariga chiqdi. Uch-to'rt qadam yurib, to'xtadi. Uning fikricha, hozir ortidan Qo'tos chiqib kelishi lozim edi — yanglishmadi.

— Knyaz, sen xafa bo'lma. Koshakka yetadigan ahmoq bu dunyoda kam topiladi. Ahmoqona gaplarni ko'p gapiradi-yu, ammo yuragi toza bola. Ko'nglida kiri yo'q. Sening nima uchun achchiqlanganingni tushunmay o'tiribdi, u ahmoq! Tushunganidan so'ng o'zi kelib sendan kechirim so'raydi.

— Xafa emasman, — Tengiz shunday deb jilmaydi, — Oilamizga bir-ikkita shunaqa dovdir ham kerak. Bo'lmasa, yashashning qizig'i qolmaydi.

— To'g'ri aytasan. Unga shu yerlarda chidash mumkin. Ozodlikda bunga sherik bo'lganning sho'ri quriydi.

Qo'tos to'g'ri aytgan edi — Koshak ikki kundan so'ng Tengizdan uzr so'radi. O'zining ham dunyoda yagona O'G'RI millatidan ekanini bayon qildi.

Ana o'sha voqeadan beri «politbyuro» endi rasmiy kengashga chorlangan edi. Oleg «Garbuz»ning iltimosnomasini o'qishdan avvalroq Tengiz, «politbyuro»ni chaqirishni reja qilib qo'ygan edi. Kecha oqshomda qo'liga yetib kelgan bir xabar uni «politbyuro» bilan maslahatlashishga undagandi.

«Politbyuro» to'plangach, Tengiz o'tirgan yerida ularga bir-bir qarab chiqdi.

— Knyazlarim, — garchi qofqazliklardan boshqalar bu nomga da'vo qilmasalar-da, Tengiz ularga bo'lgan hurmatining baland ekanini bildirib qo'yish uchun gapini shunday boshladi, — Knyazlarim, bugun biz ikki muhim masalada yagona qarorga kelishimiz kerak.

Tengiz birinchi masala deb Oleg «Garbuz» iltimosini bayon qildi. U gapini tugatmayoq Koshak e'tiroz bildirdi:

— Onasi o'n marta qayta tug'sa ham undan o'g'ri chiqmaydi, — dedi u stolga kafti bilan urib-urib qo'yib. — Kozel u! Boshqa gap yo'q! Tulada nima uchun suvdan quruq chiqqan? Kozel edi! Promzona komendanti bizning odam edi. Hech qanaqangi qanjiq-musorlarga aloqasi yo'q edi.

— Aniq bilasanmi? — deb so'radi Qo'tos.

— O'shanda men Kurskda edim. Aniq bilaman.

— Men «Garbuz» deganini endi eshityapman. Kozel bo'lsa nima uchun shu paytgacha jazosiz yuribdi?

— Tutqich bermayotgandir-da. Agar unga toj kiydirsak, hammamiz rasvo bo'lamiz.

— Agar kozel bo'lsa… agar ayyor bo'lsa… — Tengiz o'ylanib qoldi. — Boshqa lagerlarga ham shunaqa xat yozgandir? Tezda aniqlash kerak. Qo'tos, o'zing shug'ullan bu ish bilan. Agar shunday qilgan bo'lsa, boshiga toj o'rniga sirtmoq ilish kerak. Ilganda ham pinhona emas, shov-shuv bilan osib o'ldirish kerak. Boshqa kozellar o'zlarini nima kutayotganini bilib qo'yishsin.

Birinchi masala — tamom! Endi ikkinchisi — biz tomonlarga «Murik» kelayotganmish, —

Tengiz shunday deb o'tirganlarga savol nazari bilan boqdi.

— Murik? Kim u? — deb so'radi Qo'tos.

— Bilmaysizlarmi? — Tengiz istehzoli jilmayib, yon cho'ntagidan bir varaq qog'oz oldi. —

«Cho'mich» — Slava Galiulin. MURga xizmat qila boshlagani uchun laqabini o'zgartirib, «Murik» deb qo'yishibdi. Ma, o'qi, — u shunday deb, xatni Qo'tosga uzatdi.

Qo'tos maktubga ko'z yugurtirib, bosh chayqadi-da, so'ng ovoz chiqarib o'qiy boshladi:

— «Irkutsk sentralidagi halol birodarlarimizga salomlar bo'lsin. Salom yo'llovchilar — Pskov lageridagi o'g'rilar — sizlarga omonlik tilaydilar. Qadrdon o'g'rilar, bu shoshqich xatimiz bilan sizlarni ogoh etamiz: biz bilan «Cho'mich» — Galiulin birga bo'ldi. Bilib qo'yinglarki, u bizning pok va muqaddas nomimiz — o'g'ri nomi bilan yashirinib yurgan bir qanjiqdir. Ha, bilib qo'ying, u O'G'RI emas, u qanjiqdir! O'g'ri nomiga isnod keltirgani uchun uni faqat qanjiq yoki ABLAH deb atash mumkin. O'zini hurmat qiluvchi har bir o'g'ri, har bir mahbus u bilan shu nomiga yarasha muomalada bo'lishi kerak. Shu bilan birga barcha qanjiqliklari uchun jazosini olishi shart! Yana bilib qo'yinglarki, Moskvada o'g'rilar qurultoyi bo'lib o'tdi va Cho'michga nisbatan qaror qabul qilindi. Qarorga binoan, u QANJIQ deb e'lon qilindi. Moskva pupkarlariga xizmat qilgani uchun unga «MURIK» deb nom berildi. Uni qabul qilganlaringda shu qaror yoddan ko'tarilmasin.

Pskovda biz olti o'g'rimiz: Kato, Kuyov, Yo'lbars, Sibir, Avliyo va Olov barchalaringizga ozodlik tilab qoladilar».

Qo'tos o'qishni yakunlamay, Koshak stol ustiga musht urib, to'ng'illadi:

— Cho'mich kelishi bilan menga berasanlar. U bilan ozgina hisob-kitobim bor.

Bu gapni eshitib, Tengiz unga tikilib qoldi. So'ng kengash a'zolariga savol nazari bilan bir-bir qaradi:

— Xo'sh, Murikni Koshakka beramizmi? — Tengiz shu savolni o'rtaga tashlab, sukut qildi. O'tirganlardan sado chiqmagach, davom qildi: — Biz o'g'rilarning bir ahmaqligimiz bor. Faqat o'zimizning hisob-kitobimiz bilan qiziqamiz. O'g'rilarning muqaddas olami bilan esa, ishimiz yo'q. Oilamiz qanjiqlar bilan to'lib ketyaptimi, irib ketyaptimi, sasib ketyaptimi — ishimiz yo'q. Xo'sh, Koshak, Murik seniki. Nima qilasan, o'ldirasanmi?

— Qiynab o'ldiraman.
Скачать txt | fb2
1 2 >>
На главную
Онлайн: 0 / 52
seks xikoya, sex hikoya, seks hikoya, uzbek seks hikoya, erotik xikoyalar, porno hikoya, uzb xxx hikoya, уз секс хикоя, секс хикоялар, 18+ kattalar uchun hikoyalar, ehtirosli hikoyalar, uz xxx xikoya, seks hikoyalar, sex xikoyalar, ero hikoya, узбекское, кыргызское, таджикское порно секс уз узб узбек, кыргыз киргиз, таджик тожик тачик парно, секис, секси, uzbek, uz uzb seks porno.
© UZMOVE.RU UZBEK SEKS VIDEO